Jahon

Kobulda havoga o‘q uzishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

“Tolibon” vakillari Kobulda havoga o‘q uzishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan.

Kobulda havoga o‘q uzishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

 

 

3-sentyabr kuni toliblar Panjsherni to‘liq egallagani haqida maʼlum qildi. Bu keyinchalik qarshilik harakati vakillari, xususan, Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih tomonidan inkor qilindi. Shunday bo‘lsa-da, “Tolibon” Kobulda butun mamlakat ustidan nazorat o‘rnatilgani sharafiga havoga o‘q otgan. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi. 

 

Hodisadan so‘ng harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid askarlarni havoga  o‘t ochmaslikka chaqirdi. Mujohid bu tinch aholiga zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

“Tolibon” keyinchalik hodisaga aloqador barchani javobgarlikka tortishga vaʼda berdi. Shu mazmundagi bayonotda aytilishicha, o‘q uzgan askarlardan qurol tortib olinadi.

 

“Toliblar yetakchisi o‘rinbosari Muhammad Yoqub havoga o‘q uzganlarga oid bir qator farmonlar chiqardi. Ertadan boshlab Kobul va boshqa shaharlarda o‘t ochganlardan qurol olib qo‘yiladi. Bu kabi xatti-harakatlar g‘aznaga zarar keltiradi va aybdorlar javobgarlikka tortiladi”,- deyiladi bayonotda.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Tolibon” 15 avgust kuni Kobul shahrini jangsiz egallagandan keyin butun Afg‘onistonda hokimiyati o‘rnatilganini eʼlon qildi. Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar tomonidan nazorat qilinmayapti. Bu yerda Ahmad Masʼud va Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih boshchiligida qarshilik fronti tuzilgan.

 

Eslatib o‘tamiz bundan avval Panjsher viloyatidagi to‘qnashuvlarda 300dan ko‘proq toliblar halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Kobulda havoga o‘q uzishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz