Jahon

Hindistonda yana bir virus alomatlari aniqlandi

Hindistonning Kerala shtatida 11 kishida nipah virusi alomatlari aniqlandi. Bu haqda “NDTV” telekanali xabar qilmoqda.

Hindistonda yana bir virus alomatlari aniqlandi

 

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Nipahdan 12 yoshli bola vafot etgan. Shundan so‘ng virus topilgan Kojikode  va unga qo‘shni uchta  hududda xavfsizlik choralari, epidemiologik kuzatuv kuchaytirildi. Shifokorlar vafot etgan bola bilan aloqa qilgan 251 kishini aniqlab, tekshiruvdan o‘tkazdi.

 

"Kojikode tibbiyot kolleji va shifoxonasida 38 kishi izolyatsiya qilingan: ulardan   kasallik alomatlari aniqlangan. Sakkiz kishining test namunalari tekshirish uchun  Milliy virusologiya institutiga yuborilgan", — deyiladi xabarda.

 

Nipah virusi o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan yuqumli kasallik sanaladi. 70 foiz holat o‘lim bilan yakunlanadi. Unga qarshi  vaksina yo‘q. Ushbu virus birinchi marta 1999 yilda Malayziyada ro‘yxatdan o‘tgan. Isitma, bosh og‘rig‘i, seruyqulik, nafas olish muammolari, disoriyentatsiya — uning asosiy belgilari sanaladi. Unga chalingan bemor bir-ikki kundan keyin komaga tushadi. Mevalar bilan oziqlanadigan uchuvchi hashoratlar — virusning tabiiy tashuvchilari .

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Hindistonda nipahdan bir kishi vafot etdi, yana bir necha  kishi kasalxonaga yotqizildi. Oradan ko‘p o‘tmay Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu virus bilan bog‘liq pandemiya ehtimoli mavjudligi haqida ogohlantirgan edi.

 

Avvalroq, Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida so‘nggi bir hafta ichida nomaʼlum virusdan isitma qilib 68 kishi vafot etgani haqida xabar berildi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"