Jahon

Bayden: Xitoy-AQSH raqobati nizoga aylanmasligi kerak

AQSH Prezidenti Jozef Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida  telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi Unda davlatlararo munosabatlarning eng muhim nuqtalari muhokama qilingan.

Bayden: Xitoy-AQSH raqobati nizoga aylanmasligi kerak

 

 

Oq Uy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Prezident Bayden AQSH  Tinch va Hind okeani havzasidagi tinchlik, barqarorlik va farovonlik tarafdori ekanini taʼkidladi. Ikki davlat yetakchilari o‘zaro raqobat nizoga aylanib ketmasligi uchun javobgar ekanligi alohida qayd etilgan”.

 

O‘z navbatida, Si Szinpin Vashingtonning Xitoyga nisbatan siyosati ikki tomonlama aloqalarda jiddiy qiyinchiliklarni vujudga keltirganini aytib o‘tgan.

 

“Bu ikki davlat va butun dunyoning tub manfaatlariga zid”, – degan XXR raisi. AQSH va Xitoy nizosi butun dunyoga xavf solishi mumkinligini taʼkidlagan.

 

Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp davrida boshlangan. 2018 yildan boshlab ular o‘rtasida savdo urushi boshlangan. Jozef Bayden ham Pekinga nisbatan sanksiyalar joriy etishda davom etmoqda.

 

Bundan avval Jo Bayden Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkinligi xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.