Jahonning eng yirik o‘nta neft kompaniyasi 6 oyda 825 milliard dollar ishlab oldi
2021-yilning birinchi yarmida dunyo neft kompaniyalari katta daromad ko‘rgan. Bu haqda “Anadol” xabar bergan.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, jahonning eng yirik o‘nta neft kompaniyasi 6 oyda 825 milliard dollar ishlab olgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45.8 foizga ko‘p.
Gap ”BP”, “Chevron”, “Eni”, “Equinor”, “ExxonMob”, “Royal Dutch Shell”, “Saudi Aramco”, “Total”, “Rosneft” va “Lukoyl” haqida ketmoqda. O‘tgan yili pandemiya tufayli boshlangan iqtisodiy inqiroz ortidan dastlabki olti oyda neftdan 566 milliard dollar daromad olingan.
“Chevron”,”Equinor”,”Saudi Aramc” va “Lukoyl” eng katta daromad olgan kompaniyalar sirasiga kiritilgan. Xususan, “Saudi Aramco” daromadi 66.8 foizga, “Lukoyl”niki esa 53.8 foizga ortgan.
Shu bilan birga faqat ”Saudi Aramco” birinchi yarim yillikni sof foyda bilan yakunlagan. U yanvar oyidan buyon 45 milliard dollar foyda ko‘rgan.
2021-yildan dunyo miqyosida iqtisodiy tiklanish jarayoni boshlangan. Hozirda neft va gazga talab yuqori. Ayniqsa, gaz narxi oshib bormoqda. Jumladan, bugun Yevropada 1000 kubometr gaz 710 dollarga ko‘tarildi.
Avvalroq, AQSHda qish mavsumida gaz tanqisligi yuz berishi mumkinligi xabar berilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev







