O‘zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi
Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.


Qayd etilishicha, ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, Sputnik V va Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi O‘zbekistonda qo‘llanayotgan 5-vaksina bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan vaksinalarning jami miqdori 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.
Shundan:
-
1 342 480 dozasi AstraZeneca,
-
18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
-
460 000 dozasi Sputnik V,
-
3 000 060 dozasi Moderna,
-
1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq,14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 ming 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelingandi.







