Jahon

Afg‘onistonlik futbolchi qizlar Pokistonga evakuatsiya qilindi

Afg‘onistonlik futbolchi qizlar Pokistonga evakuatsiya qilindi. Bu haqda ”Sputnik Afganistan” xabar berdi.

Afg‘onistonlik futbolchi qizlar Pokistonga evakuatsiya qilindi

 

 

Pokiston axborot vaziri Favad Chaudrining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning futbol bo‘yicha ayollar jamoasi Islomobodga yetib kelgan. “Afg‘on futbolchi qizlarini xush ko‘rdik, ular “Torxam” chegara nazorat punktiga keldi”, – degan vazir.

 

Bir necha kun avval “Tolibon”ning madaniyat masalalari bo‘yicha komissiya aʼzosi Ahmadullo Vosiq ayollarning sport bilan shug‘ullanishi taqiqlanganini maʼlum qilgan.

 

Ayollar masalasi Afg‘oniston ichki siyosatida eng og‘ir masalalardan biri bo‘lib turibdi. Toliblar xotin-qizlar huquqini himoya qilishga vaʼda bersa-da, amalda turli viloyatlarda ularning faoliyati cheklanmoqda. Afg‘onistonning bir qancha faol ayollari mamlakatdan chiqib ketgan. Masalan,“Tolibon” hokimiyatga kelgandan so‘ng ulardan ilk intervyu olgan ayol boshlovchi keyinchalik mamlakatni tark etdi. Mamlakatning turli viloyatlarida “Tolibon” siyosatiga qarshi ayollar namoyishi bo‘lib o‘tgan.

 

Shunday bo‘lsa-da, harakat xotin-qizlarning turli sohalar, eng avvalo, tibbiyot va taʼlim sohasida ishlashiga ruxsat berdi. Shuningdek, 15 sentyabr kuni Kobul xalqaro aeroportiga ayollar ishga chiqdi. Hozirda ular 30 nafar, kelgusida  60 ga yetishi kutilyapti.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan.31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Afg‘onistonlik futbolchi qizlar Pokistonga evakuatsiya qilindi | Zamon.uz