Bayden: Tabiiy ofatlar zarari 100 milliard dollarni tashkil etmoqda
2021-yilda AQSH tabiiy ofatlardan 100 milliard dollardan ortiq zazar ko‘rgan. Bu haqda prezident Jozef Bayden maʼlum qildi.

Bayden Kolorado shtatidagi chiqishida tabiiy ofatlar haqida gapiragn. “O‘tgan yili tabiat bilan bog‘liq falokatlar bizga 99 milliard dollarga tushgan edi. Bu yil rekord yangilanib, 100 milliarddan oshadi”, - degan prezident.
“Kuni kech men Kaliforniyada “Kaldor” o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yil boshidan beri mamlakatda 44 ming o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgan, oqibatda 5.6 million akr (2.2 million gektar) maydonda o‘rmonlar yo‘q bo‘lib ketgan. So‘nggi ikki hafta ichida, shuningdek, “Ida” to‘fonining yetkazgan zararini ko‘rish maqsadida Luiziana, Nyu-York va Nyu-Jersida bo‘ldim”, - deb qo‘shimcha qilgan Bayden.
AQSH yetakchisi fikricha, tabiiy ofatlar bundan buyog‘iga ham davom etadi. Ular kelajakda hozirgidanda halokatliroq bo‘lishi mumkin. Bayden tabiiy ofatlarning bosh sababi sifatida iqslim o‘zgarishini ko‘rmoqda. Prezident iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi tura olishda investitiya kiritishga chaqirgan.
Maʼlumot uchun, avgust oxirida Luizianaga kirib kelgan “Ida” to‘foni katta zarar keltirgan. To‘fondan keyin millionga yaqin inson elektr va internetsiz qoldi. O‘shanda shamol tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil qilgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







