O'zbekiston

Madaniyatlar yaqinlashuvi xalqlarni birlashtirishga imkon yaratadi — Sodiq Safoyev

Shu kunlarda mamlakatimizning Toshkent, Nukus va Xiva shaharlarida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining «O‘zbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans poydevori» V Kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan  350 dan ziyod  yetakchi sharqshunos, qurʼonshunos, ekspert va  tadqiqotchilar, qo‘lyozma va miniatyuralar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etyapti.

Madaniyatlar yaqinlashuvi xalqlarni birlashtirishga imkon yaratadi — Sodiq Safoyev

 

 

Sodiq Safoyev, Oliy Majlis  Senati Raisining birinchi o‘rinbosari:

 

— Kongress ishida butun dunyodan vakillar — mutaxassis-olimlar, ekspertlar ishtirok etayotgani katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida milliy o‘zlikni anglash, eng avvalo, jamiyat taraqqiyoti va yuksalishiga asos yaratadi, degan edi. Bugungi xalqaro anjuman ayni shu maqsadga qaratilgani va xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bugun biz shiddat bilan rivojlanayotgan ziddiyatli dunyoda yashayapmiz. O‘zingiz guvoh bo‘lganingizdek, butun dunyoda, jumladan, mintaqamizda ziddiyatlar, havf-xatarlar ortib bormoqda. Men o'ylaymanki, dunyoning bugungi asosiy muammosi bu o‘zaro ishonchning yo‘qligi. Yaʼni xalqlar madaniyatini, o‘zaro bir-birini tushunishning tanqisligidir. Buning uchun, birinchi navbatda, biz madaniy yuksalikka erishishimiz kerak. Madaniyatlar yaqinlashuvi xalqlarni birlashtirish va yaqinlashtirishga imkon yaratadi.

Turli qo‘poruvchi guruh, teroristik oqimlarni hech qachon  muayyan din bilan bog‘lamaslik kerak. teroristik guruhlarga qo‘shilishning asosiy omili diniy eʼtiqod emas. Aksincha, biz xalqlar sivilizatsiyalarini chuqur bilishimiz, bu boradagi yanglish tushunchalarni bartaraf qilish bilan shug‘ullanishimiz kerak. Bugungi anjuman ana shunday maqsadga qaratilgan. Unda Avstraliyadan tortib Amerikagacha bo‘lgan mintaqa vakillari ishtirok etyapti. Bu kabi aloqalar hamkorlikdagi faoliyatning umumiy strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi, albatta. Bunday tadbirlar, birinchi navbatda, O‘zbekiston salohiyatni anglash, keng omaga targ‘ib qilish, ikkinchidan, butun bashariyat uchun kerak bo‘lgan o‘zaro tushunish va ishonch muhitini yaratishga xizmat qiladi.

 

— Siz Butunjahon jamiyatining deyarli barcha tadbirlarida qatnashib kelasiz. Uning tadrijiy rivojlanishi va salohiyati haqida nima deya olasiz?

 

— Buning uchun Kongress doirasida namoyish etilayotgan  O‘zbekiston tarixi va  madaniyatiga  oid dunyo davlatlari muzeylaridan topib olib kelingan o‘ta noyob eksponatlar, miniatyuralar, noyob kitoblarga  eʼtibor qaratish kifoya, deb o‘ylayman. Ular ishtirokchilarni o‘ziga maftun qilishi shubhasiz. Bular  5 yil mobaynida tashkilotchilar tomonidan madaniy merosini qaytarib kelish, o‘rganish, targ‘ib etish borasida qilinayotgan ulkan ishlarning yorqin namunasidir.

 

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xiva shahrida tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” madaniy forumi doirasida o‘tgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining kongressida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarga va ayniqsa madaniy meros va maʼnaviyatga davlat miqyosida berilayotgan ulkan eʼtibor alohida eʼtirof etilgani haqida xabar bergan edik.

 

 

 

Munojat Valiyeva

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.