Jahon

NATO bizdan minnatdor bo‘lishi kerak — Tolib Mavlaviy

“Tolibon”ning Hilmand viloyati bo‘yicha gubernatori G‘arbga murojaat bilan chiqdi.

NATO bizdan minnatdor bo‘lishi kerak — Tolib Mavlaviy

 

Tolib Mavlaviy bir necha yil davomida NATO kuchlari bilan janglarda qatnashgan. Xususan, Sangin tumanida Britaniya qo‘shinlariga qarshi kuchlarga boshchilik qilgan. Mavlaviy hozirda Hilmand viloyati gubernatori. U qabulxonasida barchani avtomat bilan kutib olayotgan bo‘lsa-da, urush tamom bo‘lganiga ishonadi.

 

Yangi Gubernator NATOga aʼzo barcha mamlakatlarga: “Afg‘onistonga qurol bilan emas, investitsiyalar bilan qayting. Biz bir-birimiz bilan jang maydonida uchrashganmiz, ammo tinch vaqtda ko‘rishmaganmiz. Hozir siz hukumatimizni tan olish orqali qalblarimizni ishg‘ol qilishingiz va ishonchimizni qozonishingiz mumkin”, degan Mavlaviy.

 

Shuningdek, u chet el davlatlari Afg‘onistonda ko‘plab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lganini alohida qayd etgan. Mavlaviyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 20 yildan ziyod tinimsiz urush bo‘ldi va mamlakat odatiy hayotga qaytishi uchun maʼlum vaqt kerak bo‘ladi. Endilikda  xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqiga gumanitar yordam taqdim etishi, taʼlim, savdo va biznes rivojiga eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlangan. Shuningdek, u “Tolibon” NATOga yordam bergani uchun ular minnatdor bo‘lishi kerakligini aytgan. 

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher viloyati edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi. Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilaganini eʼlon qildi.

 

Avvalroq, Termizda Afg‘onistonga gumanitar yordam berish maqsadida logistik markaz tuzilgani xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.