Xitoyning Buyuk Britaniyadagi elchisiga mamlakat parlamentiga kelish taqiqlandi
Xitoyning Buyuk Britaniyadagi elchisiga mamlakat parlamentiga kelish taqiqlandi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ushbu taqiq Pekin Britaniya parlamentining ayrim aʼzolariga sanksiya joriy etishiga javoban qo‘yildi. Qayd etilishicha, elchi Chjen Szeguan Xitoyga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan partiya aʼzolari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Parlament umumpalatasi spikeri Lindsi Xoyl toki Britaniya vakillariga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlanmas ekan, taqiq o‘z kuchini saqlab qolishini maʼlum qilgan. Lordlar palatasi raisi Jon Makfoll esa elchi bilan qo‘shma tadbirlar tugamasligini, ammo boshqa joyda o‘tkazilishi mumkinligini taʼkidlagan.
Xitoy elchixonasi bu qadamni “qabihlik va qo‘rqoqlik” deb baholagan. Shuningdek, parlament vakillariga qo‘yilgan taqiqlar Britaniyaning Xitoy amaldorlariga qo‘ygan cheklovlariga nisbatan javob bo‘lgani aytilgan.
Bundan aval Xitoyning AQSHdagi elchisi Vashingtonga "ovozni o‘chirish”ni taklif qilgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







