Jahon

AQSh generali Vashington uchun qaysi davlat asosiy harbiy tahdid ekanini aytdi. Bu Xitoy emas

AQSH Qurolli kuchlari shimoliy qo‘mondonlik boshlig‘i general Glen Vanxerk Rossiyani AQSH uchun eng asosiy harbiy tahdid sifatida baholadi. Bu haqda u "Air Force Magazine" nashriga bergan intervyusida aytgan.

AQSh generali Vashington uchun qaysi davlat asosiy harbiy tahdid ekanini aytdi. Bu Xitoy emas

 

 

“Bugungi kunda Rossiya Amerika uchun eng asosiy harbiy tahdid. Bu Xitoy emas, aynan Rossiya”,– degan general. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin AQSH uchun uzoq istiqboldagi xavf. Lekin hozir RF o‘z suvosti kemalari, bombardimonchi samolyotlari va qanotli raketalari tufayli katta xavf bo‘lib turibdi. Shu bilan birga kibernetika va kosmik dasturlar bo‘yicha Pekin va Moskvaning kuchi teng, shu sababli ularning har ikkisidan ehtiyotkor bo‘lish kerak.

 

Vanxerk Arktikada AQSH pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida  Pentagonni mintaqaga katta resurslarni jalb qilishga chaqirdi. Aks holda Vashington xavf ostida qoladi. Shuningdek, intervyu davomida ballistik raketalar xuddi yadro quroli kabi tiyib turish vositasi ekanini aytgan.

 

Avvalroq, AQSHning boshqa generali Jon Xayten Rossiya va Xitoy bilan harbiy to‘qnashuv haqida fikr bildirgan. Xayten bu ikki kuch bilan urushga yo‘l qo‘ymaslik eng muhim vazifa ekanini aytgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh generali Vashington uchun qaysi davlat asosiy harbiy tahdid ekanini aytdi. Bu Xitoy emas | Zamon.uz