Jahon

“Tolibon”ning BMTdagi vakili masalasi noyabr oyidan oldin hal qilinmaydi

Bu masalada hech kim shoshmoqchi emas, —deb yozadi “Interfaks” BMT manbasiga tayanib.

“Tolibon”ning BMTdagi vakili masalasi noyabr oyidan oldin hal qilinmaydi

 

 

Mazkur masala Nyu-Yorkda davom etayotgan BMT Bosh Assambleyasida emas, noyabr oyida Vakolatlar qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi.

 

Avval xabar qilinganidek, Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilishni so‘ragan edi.

 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Tolibon” tayinlagan tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqidan yuqori darajadagi anjumanlarda "ishtirok etishni so‘rab" maktub oldi, — dedi BMT Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.

 

Maktubda Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani 15 avgustda "hokimiyatdan chetlatilgani" va butun dunyo mamlakatlari "endi uni prezident sifatida tan olmasligi" bildirilgan.

 

 Maktubda yana Afg‘onistonning oldingi hukumati tomonidan tayinlangan doimiy vakili G‘ulom Isakzay BMTda "endi vakillik qilmas”ligi, “Tolibon” uning o‘rniga BMTdagi doimiy vakil etib Suhail Shohinni tayinlagani bildirilgan.

 

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, amaldagi doimiy vakil Isakzay 27-sentabr kuni Bosh Assambleyada chiqish uchun ariza bergan va o‘z delegatsiyasi ro‘yxatini taqdim etgan. Lekin bunga toliblar qatʼiy eʼtiroz bildirib, Isakzay endi mamlakat vakili emasligini aytgan.

 

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, BMT rasmiylari endi Afg‘onistondan kim vakil bo‘lishini hal qilishi kerak. Vakolatlar qo‘mitasining AQSH, Rossiya, Xitoy, Shvetsiya, Bagama orollari, Butan, Chili, Namibiya va Serra-Leone vakillaridan iborat to‘qqiz aʼzosi bu haqda qaror qabul qilishi lozim.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  “Tolibon” barcha vazir o‘rinbosarlari tarkibini eʼlon qilgani hamda Zabihullo Mujohid “Tolibon” ayollar taʼlimiga qarshi emasligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.