Suriyada soʼnggi 10 yilda qancha odam qurbon boʼlgani ochiqlandi
Suriyada soʼnggi 10 yilda 350,2 ming kishi urush qurboni boʼlgan. Bu haqda “Reuters” BMT hisobotiga asoslanib xabar berdi.


Shu bilan birga BMT bu maʼlumot hali toʼliq emasligini taʼkidlagan. Chunki hisobotda halok boʼlgan shaxs ismi, halok boʼlgan joyi va sanasi aniq koʼrsatilishi kerak. Аmmo tashkilot har doim ham urush qurbonlari haqida barcha maʼlumotlarni toʼplay olmagan.
Ushbu maʼlumot ham tinch aholi vakillari, ham harbiylarni oʼz ichiga oladi. BMTning Inson huquqlari boʼyicha Oliy Komissari Mishel Bachelet urush qurbonlarining har oʼn uchinchisi ayollar ekanini maʼlum qildi. Shuningdek, u keyingi statistik maʼlumotlarda baʼzi oʼlim holatlariga javobgar shaxslar nomi ham qayd etilishini aytgan.
Bachelet 2014-yilda 190 ming urush qurbonlari shaxsi aniqlanganini taʼkidladi. Shu bilan birga “Reuters” Suriya inson huquqlari observatoriyasi maʼlumotlarini keltirib oʼtgan. Observatoriya soʼnggi 10 yilda 500 ming kishi urush oqibatida halok boʼlganini maʼlum qilgan. Bundan tashqari, yana 200 ming ehtimoliy qurbonlarning shaxsi aniqlashtirilmoqda. Suriyada 2011-yildan buyon fuqarolar urushi davom etmoqda. 2014-yildan boshlab mamlakat hududida IShID faoliyat olib boradi. Nizoga shu yildan АQSh, 2015-yildan boshlab esa Rossiya aralashgan.
Eslatib oʼtamiz, bundan avval Suriya TIV АQSh qoʼshinlarini chiqib ketishini talab qilgandi.
Jahongir Qo'ziyev







