Jahon

Ozarbayjon Armaniston bilan munosabatlar yaxshilаnishi shartini maʼlum qildi

Ozarbayjon Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

Ozarbayjon Armaniston bilan munosabatlar yaxshilаnishi shartini maʼlum qildi

 

 

“Ozarbayjon Armaniston bilan xalqaro huquqning asosiy tamoyillari, eng avvalo, suverenitet, hududiy yaxlitlik va xalqaro chegaralar buzilmasligi tamoyillariga qatʼiy rioya qilish asosida munosabatlarni yaxshilashga tayyor. Biz Armanistonni ushbu asosiy tamoyillarni hurmat qilishga va mintaqa tinchligi, xavfsizligi va farovonligi uchun zimmasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz”, — deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.

 

Ma'lumot o'rnida: 2020-yil sentabr oxirida Qorabog‘da ikki davlat o‘rtasida urush boshlangandi. Buning oqibatida tinch aholi vakillari ham qurbon bo‘lgan. Noyabr oyida erishilgan kelishuvga muvofiq esA Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon suvereniteti tiklangandi. Bu urushda Turkiya Bokuga katta siyosiy va harbiy ko‘mak bergan.

 

Hozirda tomonlar o‘rtasida asta-sekinlik bilan munosabatlarni tiklashga harakat qilinyapti. Xususan, Armaniston Turkiya bilan aloqalarni tiklashga tayyorligini aytgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilhom  Aliyev Qorabog' nizosi yakunlanganini aytgandi. Shuningdek, u xalqaro energetika kompaniyalarini Qorabog‘ga chaqirgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.