AQSh Xitoyga Eron masalasida iltimos bilan chiqdi
AQSH Xitoyni Eron neftini sotib olmaslikka chaqirdi. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar berdi.


AQSH shu orqali Tehronni yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga qaytarmoqchi. Eron neftining Xitoy kompaniyalari tomonidan sotib olinishi mamlakat iqtisodiyotining butkul inqirozga tushishidan saqlab turadi. Bu Eronga nisbatan joriy qilingan AQSH sanksiyalari sharoitida katta yordam beradi.
“Biz Xitoy kompaniyalarining Eron neftini sotib olishidan xabardormiz”, – degan ismi sir qolishini istagan AQSHlik amaldor. Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington vaziyatdan kelib chiqib Tehronning cheklovlarni chetlab o‘tib, tashqi savdo faoliyati yuritishiga qarshi sanksiyalardan foydalanishda davom etadi. Shu bilan birga, Xitoy bilan bog‘liq vaziyatda AQSH diplomatik yo‘llardan foydalanishi maʼlum qilindi.
Yevropalik boshqa amaldorning (u ham nomi sir qolishini xohlagan) aytishicha, AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman Xitoyga tashrif buyurganda bu mavzu ko‘tarilgan. G‘arb Pekinni Eronga yordam beryapti, deb hisoblamoqda. "Kpler" tahliliy kompaniyasi maʼlumotlariga ko‘ra, Xitoy avgust oyida Erondan sutkasiga 553 ming barrel neft sotib olgan.
Аvvalroq Isroil mudofaa vaziri Eronning tez orada yadro qurolini qo‘lga kiritishi hamda Tehronning yadro muzokaralariga qaytishi haqida xabar berilgan.
Jahongir Qo'ziyev







