Franko Nero: “Kino erkinlik bor joyda rivojlanadi”
Ayni kunlarda Toshkentda “Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda. Xorijiy kinorejissyor va prodyusserlar, aktyor, aktirisalar kinofestival haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirdi.


Shulardan biri italiyalik aktyor Franko Nero shunday deydi:
— Kino erkinlik bor joydagina rivojlanadi. Bu sohani kuzatadigan bo‘lsak, rivojlangan davlatlar har tomonlama ancha o‘zib ketgan. Mazkur kinofestival ham o‘ylaymanki, O‘zbekiston uchun yaxshi va yangi marralarni olib keladi. Toshkent Xalqaro kinofestivalida qatnashayotganimdan xursandman.
O‘ylab qarasak, festivalni o‘tkazishdan maqsad ham do‘stona aloqalarni rivojlantirishdir. Festival davom etyapti. Kinoijodkorlarga omad tilayman!
Maʼlumot o‘rnida, Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.
Avvalroq, Belarus kinosi kunlari boshlangani, Ipak yo‘lining nodir durdonasi qalblarni birlashtirgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







