O‘zbekistonda yong‘in-qutqaruv sporti rivojlantiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.


Quyidagilar yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar etib belgilandi:
-
qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratini izchil oshirib borish;
-
yoshlar orasida yong‘in-qutqaruv sportini ommalashtirish, isteʼdodli sportchilarni saralab olish va milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirish;
-
zamonaviy sport inshootlarini barpo etish hamda sport texnikalari va anjomlari bilan tizimli taʼminlash orqali yong‘in-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
-
yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasini muttasil o‘rganib borish va amaliyotga keng joriy etish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
-
2022-2024 yillarda yong‘in-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturi;
-
2022-2024 yillarda yong‘in-qutqaruv sporti majmualarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish dasturi.
Avvalroq Nukusda bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgani, Zomin tog‘laridagi o‘rmon yong‘ini aholi punktiga yaqin kelayotgani hamda yong‘in chiqqan fermaga 5 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingani haqida xabar berilgandi.







