Fransiyada 200 dan ortiq kishi muddati o‘tgan vaksina bilan emlandi
Fransiyada 260 kishi muddati o‘tgan Pfizer vaksinalari bilan emlangan. Bu holat Overn – Rona – Alp hududida yuz bergan.


Mintaqaviy sog‘liqni saqlash boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu partiya vaksinalari muzlatgichdan 5 avgust kuni olingan. Uning muddati 5 sentabrda tugagan. Shunga qaramay, 7-21 sentabr kunlari vaksinadan foydalanilgan. Qayd etilishicha, emlanganlar orasida Luara departamentidagi kollejning 100 nafarga yaqin o‘quvchisi ham bo‘lgan.
Mahalliy mutaxassislar ushbu vaksinalar salomatlikka jiddiy zarar yetkazmasligini, ammo yuqori samaradorlikka ham ega emasligini maʼlum qildi. Shu bois kollej o‘quvchilariga qayta emlanish maslahat berildi.
Mintaqaviy sog‘liqni saqlash boshqarmasi buni “mutaxassislarning jamoaviy xatosi” sifatida tan oldi.
Avvalroq AQSHda bolalar ham koronavirusga qarshi emlanishi hamda JSSTning vaksinalar taqsimotidagi notenglik haqida maʼlumot bergani xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev







