O'zbekiston

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yil 2-3 oktabr kunlarida Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Qayd etilishicha, oktabr oyining birinchi shanba va yakshanba kunlari Samarqand shahriga sayohatga boruvchi fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik hamda ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida qatnovlar soni ko‘paytiriladi.

 

Jumladan, 2-3 oktabr kunlari “Toshkent—Samarqand—Toshkent” yo‘nalishida 768/767 sonli “Afrosiyob” zamonaviy tezyurar poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Taʼkidlanishicha, 2-3 oktabr kunlari harakat jadvaliga ko‘ra 768-sonli qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi Toshkent markaziy vokzalidan soat 07:07 da, 767-sonli qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi Samarqand temir yo‘l vokzalidan soat 18:20 da harakatlanadi.

 

"Qo‘shimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin", deyiladi, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabarida.

 

 Avvalroq Ispaniyadan yuborilgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Toshkentga yetib kelgani, Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani hamda “Andijon-Termiz-Andijon” yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi ishga tushgani haqida xabar berilgandi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

custom img

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

custom img

O‘zbekistonda 27 milliard dollarlik 105 ta yirik loyiha boshlanadi

Jizzaxdagi AES, Olmaliqdagi to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, Yangi Toshkent aeroporti va yangi avtomobil yo‘llari — mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar qatorida.

custom img

Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanmoqda — Prezident

Xorazmga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

custom img

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"