O‘zbekistonda sentyabr oyida koronavirusdan 154 kishi, pnevmoniyadan esa 58 kishi vafot etgani maʼlum bo‘ldi
O‘zbekistonda sentyabr oyi davomida koronavirus va pnevmoniya asoratlari oqibatida jami 212 kishi vafot etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.


Qayd etilishicha, 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 174 879 nafarga yetgan. Hozirga qadar bemorlarning 169 866 nafari sog‘aygan (97 foiz).
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 1245 nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, hozirga qadar pnevmoniya aniqlangan bemorlar soni 27 276 kishiga yetgan, ularning 25 550 nafari sog‘aygan (92 foiz). Shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 244 nafarga yetdi.
Avvalroq olimlar koronavirus simptomlari so‘nggi bir yilda jiddiy o‘zgarishga uchraganini aniqlagani hamda yangi koronavirus yuqtirganlik holatini aniqlashda serologik tekshirishning ahamiyati qandayligi haqida xabar berilgandi.







