Qatarda ilk marta parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Qatarda 2-oktabr, shanba kuni tarixda birinchi marta parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bergan “Reuters”.


Ovoz berish natijalariga ko‘ra, parlamentning o‘ttiz aʼzosi saylanadi va hukmron amir Kengashning yana 15 aʼzosi tayinlanadi, ular qonun chiqaruvchi vakolatlarga ega bo‘lib, umumiy davlat siyosati va byudjetini tasdiqlaydi.
Ammo ular gaz ishlab chiqaruvchining mudofaa, xavfsizlik, iqtisodiy va sarmoyaviy siyosatini belgilaydigan ijro etuvchi organlarga taʼsir qilmaydi.
183 nafar deputatlikka nomzodlarning 18 nafari ayollar. Saylovlar mamlakatning 30 tumanida o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, bugun Gruziyada munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tmoqda, mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili esa bir kun oldin hibsga olingan.
Nasiba To‘xtayeva







