Huquq himoyachisi Valentina Chupik Rossiyani tark etib, Yerevanga uchib ketdi
Unga 30 yil davomida Rossiyaga kirish taqiqlandi hamda u O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.


Rossiya hukumati migrantlarga yordam beradigan notijorat “Jahoni tongi” tashkilotining rahbari Valentina Chupikni qo‘yib yubordi. Bu haqda 2-oktabr kuni uning yordamchisi Aleksandr Kim “Novaya gazeta” va “Mediazona” ga maʼlum qildi.
“O‘zbekistonda Valentin Chupikga yangi pasport berildi. Hozirda u Armanistonga parvoz qilgan samolyot bortida bo‘lishi mumkin. Rossiya hukumati endi uni ushlab tura olmaydi”, — deydi Kim.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati uni 25-sentabrga o‘tar kechasi Sheremetyevo aeroportida hibsga oldi va qochqin deb tan olinishi uchun bila turib yolg‘on maʼlumot yoki soxta hujjatlar taqdim etish ayblovi bilan uni qochqinlik maqomidan mahrum qildi. Valentina Chupikning o‘zi bu ayblovni rad etdi.
Unga 30 yil davomida Rossiyaga kirish taqiqlandi hamda u qochib ketgan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Maʼlumot o‘rnida, Valentina Chupik Rossiya Federatsiyasida qochqin maqomini oldi. Chupik ko‘p yillar davomida Moskvada yashagan. “Jahoni tongi” nodavlat tashkiloti rahbari va huquqni muhofaza qilish organlari bosimi va giyohvandlik muammosiga duch kelgan muhojirlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatadi.
Avvalroq Minsk Varshavani afg‘on qochqinlarini Belarus hududiga siqib chiqarishda ayblagani, Aleksey Navalniyga “Ozodlik ritsari” mukofoti berilgani hamda Gruziya bosh vaziri Mixail Saakashvili vatanga qaytsa tezda qamoqqa olinishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







