Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘llashdi
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazildi.


Kecha Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimida, uning ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi. Murojaatni mashhur rus kinorejissyori va prodyuser Timur Bekmambetov o‘qib eshittirdi.

"Muhtaram Shavkat Miromonovich,
Avvalo, afsonaviy Toshkent Xalqaro kinofestivalining qayta tiklangani munosabati bilan Sizga samimiyminnatdorchiligimizni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Toshkent shahrishu kunlarda jahon kino sanʼatining muhim madaniy markaziga aylandi.
Tarixda “Osiyo Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent kinofestivali” nomini olgan sanʼat anjumanini jahon kinosi vakillari va muxlislari yoqimli xotiralar bilan eslashadi.
Toshkent kinofestivali o‘z tarixi davomida turli mamlakatlar kinoustalar o‘rtasida muloqot maydoniga aylandi, ko‘plab kino durdonalarni, kino yulduzlarini kashf etdi. Mazkur kinofestival sababli Toshkent turli xalqlar, davlatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik timsoliga aylandi. Biroq, afsuski, 1997 yildan so‘ng bu ezgu anʼana to‘xtab qolgan edi.
Salkam chorak asrlik tanaffusdan so‘ng Sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan “Ipak yo‘li durdonasi” O‘n uchinchi Toshkent xalqaro kinofestivali dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan kelgan kinoijodkorlarni birlashtirdi.
Bir hafta davomida jahon kinosining so‘nggi yillarda yaratilgan sara namunalari O‘zbekiston ekranlarida namoyish etildi, dunyo kinematografiyasida kechayotgan o‘zgarishlar xususida fikr almashildi, mahorat darslari tashkil etildi. Festival pandemiya bois bir-birini uzoq vaqt ko‘rmagan, sog‘ingan insonlarga diydor baxsh etdi.
Bu yirik kinofestival Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivalining barcha yaxshi anʼanalarini o‘zida aks ettirgani, xalqaro talablar va andozalar asosida, yuksak darajada o‘tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim.
Butun dunyodayuz berayotgan murakkab jarayonlarga qaramay, ushbukinofestival “Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o‘tkazilganiham ramziy maʼnoga ega. Bu shior Yangi O‘zbekistonning – kelajakka intilayotgan mamlakatning yangi qiyofasiga to‘la mos keladi.
Biz, festival ishtirokchilari, butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, shaharlar qiyofasi qanchalar o‘zgargani, mamlakat yangilanganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Bizni iliq qarshi olishgani, intiqlik bilan kutishgani, yana bir karra o‘zbek xalqining mehmondo‘stligiga guvoh bo‘ldik. Bizni yoshlarning intilishlari, O‘zbekiston yoshlari uchun Siz tomoningizdan yaratilgan shart-sharoitlarbizni yana-da quvontirdi.
22 davlatning yosh kinoijodkorlari ishtirokida o‘tgan “Kino 5 kunda” tanlovining o‘tkazilgani ham fikrimizni yaqqol isbotlaydi
Biz, soha vakillari sifatida kino sanoati va sanʼatiga yuksak eʼtiboringiz, yaqinda 100 yilligini nishonlaydigan “O‘zbekfilm”ning yangi qiyofasi, uning texnik taʼminoti, yangilangan Respublika Kinochilar uyi hamda Kino sanʼati muzeyining foydalanishga topshirilishi, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining ochilishi, milliy kino fondining tiklangani va o‘zbek kinosi durdonalarining asl nusxalari vataniga qaytgani munosabati bilan samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Alohida qayd etish lozimki, O‘zbekistonda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda kinoloyihalar amalga oshirish borasidagi ezgu anʼanalar ham qayta tiklandi. Birgina ushbu forumda kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishga katta turtki beradigan 10 ta muhim hujjat imzolandi.
Ushbu kinofestival jahon kino sanoati vakillariga o‘zbek kinosining eng sara namunalari va o‘zbek kinoijodkorlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bayram doirasida 50 dan ortiq tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, taqdimotlar, o‘tkazildi, yuzdan ortiq filmlar namoyish qilindi.
Biz betakror O‘zbekiston zaminida O‘n to‘rtinchi kinofestival ham yuqori darajada o‘tishiga ishonamiz va sabrsizlik bilan kutamiz! O‘z navbatida biz ham O‘zbekistonlik tomoshabinlarni yangi sanʼat asarlari bilan quvontirishga, yosh kinoijodkorlarning yangi nomlarini kashf etishga harakat qilamiz.
Biz O‘zbekiston dunyoning kino sanoati yuqori darajada rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo‘shilishi uchun bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etamiz. Ishonamizki, kinofestivalning muntazam ravishda o‘tkazilishi kino sanʼati sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekiston kinematografiyasini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.
Muhtaram Shavkat Miromonovich,
Ijozatingiz bilan, XIII Toshkent Xalqaro kinofestivali ishtirokchilari nomidan yuksak eʼtibor va shart-sharoitlar uchun Sizga yana bir bor samimiy tashakkur bildiramiz, Sizga sihat-salomatlik, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va kelajagi yo‘lidagi saʼy-harakatlaringizda ulkan-muvaffaqiyatlar, shuningdek qayta tiklangan kinofestivalning umri uzoq bo‘lishini tilab qolamiz.
Kamoli ehtirom ila,
“Ipak yo‘li durdonasi” XIIIXalqaro Toshkent kinofestivali ishtirokchilari
"Ipak yo‘li durdonasi" kinofestivali ishtirokchilari mamlakatimiz rahbariga ushbu afsonaviy kinovestivalni qayta tiklangani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
"Ipak yo‘li durdonasi" kinofestivali ishtirokchilari mamlakatimiz rahbariga ushbu afsonaviy kinovestivalni qayta tiklangani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
"Qariyb chorak asrlik tanaffusdan so‘ng, sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan "Ipak yo‘li durdonasi" XIII xalqaro kinofestivali ellikka yaqin mamlakat kinoijodkorlarini jamladi. Hafta davomida O‘zbekiston ekranlarida jahon kinematografiyasining so‘nggi yillarda suratga olingan eng sara asarlari namoyish etildi, sohadagi o‘zgarishlar haqida fikr almashildi, yoshlar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Festival tufayli dunyoni qamrab olgan pandemiya sababli bir-birini uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan insonlar yana uchrashishdi, uzoq kutilgan do‘stona uchrashuvlar va yangi tanishuvlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu kinofestival Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivalining barcha anʼanalarini o‘zida mujassam etganini va xalqaro talablar va standartlar asosida yuqori saviyada o‘tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etmoqchimiz", - deyiladi murojaatda.
Ishtirokchilar, O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va islohotlarni qayd etishdi.
"O‘zbekiston viloyatlariga sayohat davomida shaharlar qiyofasi va mamlakatingiz qanday darajada o‘zgarganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Biz o‘zbek xalqining mehmondo‘stligiga, samimiyligiga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Ayniqsa, yoshlar va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun siz yaratgan sharoitlar bizda katta taassurot qoldirdi.
Biz, soha vakillari sifatida, kino sanoati va kinematografiyani qo‘llab-quvvatlayotganingiz, jumladan, yaqinda 100 yilligini qarshi oladigan “O‘zbekfilm” studiyasining qayta tiklanishi, texnik jihozlanishi, Butunrossiya davlat instituti filialining ochilishi, Kino fondining qayta tiklanishi va o‘zbek filmlarining etalon nusxalarini qaytarilganligi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
"Ayniqsa, O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan hamkorlikda kino ishlab chiqarishnining yaxshi anʼanalari qayta tiklanganini, jumladan, bo‘lib o‘tgan kinoforumning o‘zida 10 dan ortiq muhim hujjatlar imzolanganini alohida taʼkidlab o‘tish lozim, erishilgan kelishuvlar kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikka yangi turtki beradi", - deyiladi murojaatda.
Xulosa qilib aytganda, kinofestival ishtirokchilari O‘zbekiston kino sanoati dunyodagi eng rivojlangan tarmoqlardan biriga aylanishi uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Taʼkidlash joizki, Prezidentga murojaat "Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali delegatsiyalari ishtirokidagi forumida bir ovozdan qabul qilindi.
Avvalroq “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali nihoyasiga yetgani haqida xabar berilgandi.







