Jahon

Facebook, WhatsApp va Instagramning bir soat ishlamasligi jahon iqtisodiyotiga 161 million dollar zarar yetkazdi

4 oktyabr kuni butun dunyoda internetda uzilishlar kuzatildi. Dastlab Facebook, WhatsApp va Instagramda boshlangan muammo keyinchalik Google xizmatlari, Twitter, Tiktok va Zoomga ham taʼsir qildi. Hatto Rossiyada Vkontakte va Telegramda ham uzilishlar bo‘lgani maʼlum qilindi.

Facebook, WhatsApp va Instagramning bir soat ishlamasligi jahon iqtisodiyotiga 161 million dollar zarar yetkazdi

 

 

Facebook, WhatsApp va Instagramning bir soat ishlamasligi jahon iqtisodiyotiga 161 million dollar zarar yetkazdi. Umuman olganda Facebook aksiyalari 5 foizga pasaydi. Oqibatda, “Ria Novosti” maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya asoschisi Mark Sukerberg 6 milliard dollardan ortiq boyligini yo‘qotdi. Keyinroq  Sukerberg tarmoqdagi nosozliklar uchun  foydalanuvchilardan uzr so‘radi.

 

Shuningdek, tarmoqda 1.5 milliard Facebook foydalanuvchilarining maʼlumotlari sotib yuborilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Kompaniyaning o‘zi buni inkor qilmoqda. Ammo yuqoridagi xabarlarning o‘ziyoq ijtimoiy tarmoqqa bo‘lgan ishonchning pasayishiga sabab bo‘ldi.

 

Facebook uzilishlarni texnik sabablar bilan bog‘lagan. Kompaniya muhandislari muammo  magistral marshrutizatorlardagi o‘zgarishlar tufayli vujudga kelganini maʼlum qildi.  Ushbu uzilish ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng uzun uzilish sifatida qoldi. Eʼtiborlisi , texnik muammolarni bartaraf etish bunchalik cho‘zilib ketganiga sabab, muammo chiqqandan so‘ng, kompaniya xodimlari ofislariga kira olmay qolgan. Chunki ofisga kirish to‘liq elektronlashtirilgan va maxsus beydjik orqali bo‘lgan. Ammo serverlardagi muammo tufayli ofisga kirishdagi elektron himoya tizimi ham ishlamagan, yaʼni xodimlarning beydjiklarini “tanimagan”.

 

Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri kiberhujumlar haqida gapirgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.