Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (video)
Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe fizika bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari deb eʼlon qilindi.

Maʼlum qilinishicha, Manabe va Hasselman "Yer iqlimini fizik modellashtirish" uchun mukofotning bir qismini oladi.
Manabe va Hasselman "Yer iqlimini fizik modellashtirish" uchun mukofotning bir qismini oladi.
Parizi "fizik tizimlardagi tartibsizliklarda mavjud yashirin qonuniyatlarni ochgani" uchun mukofotning ikkinchi qismini qo‘lga kiritadi.
Sovrindorlar 10 mln shved kronasi (1,14 mln dollardan ortiqroq) miqdoridagi mukofotni bo‘lishib oladi.
Maʼlumot uchun, Manabe 1931 yilda Yaponiyada tug‘ilgan, hozirda AQSHdagi Prinston universitetida ishlaydi. Hasselman 1931 yilda Hamburgda tug‘ilgan, hozirda Hamburgdagi Maks Plank nomidagi meteorologiya instituti professori hisoblanadi. Parizi 1948 yilda Rimda tug‘ilgan, Rimdagi La Sapiyensa universiteti professori.
Avvalroq Nobel mukofoti sovrindorlari bu yil ham uylarida taqdirlanishi haqida xabar berilgandi.







