Rossiyadagi migrantlar endi “Zolotaya Korona” orqali 15 ming rublgacha qarz olib, vataniga jo‘natishi mumkin
Rossiyada ishlaydigan migrantlar endilikda “Zolotaya Korona” to‘lov tizimi orqali qarzga pul jo‘natishi mumkin. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.


“Zolotaya Korona” direktorlar kengashi raisi Nikolay Smirnovning “Vedomosti”ga maʼlum qilishicha, shu yilning 11-oktabridan boshlab ayrim mobil aloqa salonlarida shunday imkoniyatdan foydalanish mumkin. Migrantlar 5 mingdan 15 ming rubl (735 mingdan 2 million 200 ming so‘m) gacha bo‘lgan miqdorda qarz olib, uni vataniga jo‘natish imkoniga ega. Ularga 21 kun davomida hech qanday foiz stavkasi qo‘yilmaydi. Ammo shundan keyin har kuni bir foizdan qo‘shib boriladi.
Bundan avval Rossiyada migrantlarga maxsus chipli plastik kartalar tarqatilishi hamda Moskvada o‘zbekistonlik migrantning jasadi topilgani xabar qilingandi.







