Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlarga beriladigan subsidiyalardan xabardormisiz?
Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Bu haqda Veterinar va chorvadorlar assotsiatsiyasi xabar berdi.


Respublikadagi naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirib sotilgan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million so‘mdan, xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘mdan hamda nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan subsidiya oluvchilarga respublika byudjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
Jumladan,
parrandachilik xo‘jaliklariga:
— Bunda mazkur xo‘jaliklarda yetishtirilib, realizasiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘mdan,
— parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1000 so‘mdan.
Chorvachilik xo‘jaliklariga:
— o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, go‘sht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘mdan;
— sutining har bir litri uchun 200 so‘mdan;
Baliqchilik xo‘jaliklariga:
— intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘mdan;
— qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘mdan subsidiyalar ajratiladi.
Ushbu nazarda tutilgan tovon pullari kontragentlarni tanlashda talab etilgan darajada ehtiyotkor bo‘lgan korxonalarga ularning subsidiyalar olish to‘g‘risidagi arizalariga asosan keyingi oyning 25 sanasigacha beriladi. Buning uchun ular qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdor bo‘lmasligi lozim.
Bundan avval Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ajratayotgan subsidiya kimlarga berilishi, sentabrdan boshlab qaysi qonunlar kuchga kirishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







