Jahon

Metroda begona qizni himoya qilgan yigit  ayovsiz kaltaklandi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Moskva metrosida  uchta yo‘lovchi bir erkakni ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Metroda begona qizni himoya qilgan yigit  ayovsiz kaltaklandi


Bu haqda Daily Storm sayti ham xabar qildi. 

Guvohlar bergan maʼlumotga ko‘ra, Romana Kovalyovning kaltaklanishiga 3 nafar bezori yo‘lovchi notanish qizni haqorat qilayotgani  sabab bo‘lgan. Roman Kovalyov jamoat joyda noo‘rin  harakatlar sodir etayotgan yigitlarni  tartibga chaqirib, o‘zlarini kamtar tutishlarini so‘ragan. Bu tanbeh  yigitlarga  yoqmagan. Buning oqibatida katta janjal yuzaga kelib, Roman ayovsiz kaltaklangan. Yigitning  boshi, yuz va jag‘ qismi sinishi, ichki organlarning ezilishi, tananing turli qismlarida ko‘karish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Huquq -tartibot xodimlari  qoidabuzarlarni  2 soat ichida qo‘lga oldi. Surishtiruv  jarayonida ular Moskvaga ishlash uchun kelgan dog‘istonlik fuqarolar ekanligi maʼlum bo‘ldi. Hozirda politsiya tomonidan janjal ko‘targan fuqarolarga  jinoiy ish ochilgan.

Roman Kavalyov «Zvezda» TVga bergan intervyusida, bezorilarning to‘xtovsiz zarbasidan hushini yo‘qotganini, kasalxonaga qanday qilib borib qolganini eslay olmasligini bildirgan.

- Bosh va yuz qismimda hali ham shishlar bor. Shifokorlarning aytishicha,  shishlar qaytgach,  qayta tomografiya qilinib  muolaja buyurilar ekan. Eng achinarlisi, ko‘zim  yaxshi  ko‘rmayapti. Shifokorlar asta-sekin tiklanadi, deb menga taskin berishmoqda. Boshimda  juda ko‘p shishlar bor. Tikilgan jarohatlar og‘riq beryapti. Biroq shunga qaramay o‘zim himoya qilgan qizning ota-onasi bilan uchrashish uchun bordim, — deydi Roman Kavalyov.

Dog‘istonning milliy siyosat va diniy ishlar bo‘yicha vaziri Enrik Muslimov mazkur holat yuzasidan munosabat bildirar ekan “bunday hatti-harakatlar respublika yoshlarini obro‘sizlantiradi, ularning nafaqat o‘zi, balki oilalari nomiga ham dog‘ tushiradi”, — deb aytgan.

Bundan avval Moskvada hijobli ayolni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor kaltaklangani  hamda Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov boshqa sportchi tomonidan pichoqlab, o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi. 

                                                                                                                                                                         

Munojat Valiyeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Metroda begona qizni himoya qilgan yigit  ayovsiz kaltaklandi | Zamon.uz