O'zbekiston

O‘zbekistonda aholi soni 35 milliondan oshdi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2 foizga ko‘payib, 35 milliondan oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekistonda aholi soni 35 milliondan oshdi

 

 

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 million 79,2 ming kishini tashkil etmoqda. Doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

 

Taʼkidlanishicha, respublikaning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 million kishiga oshgan.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 34,03 mln kishini tashkil etgan.

 

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra respublika doimiy aholisi sonining 30,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatdagi demografik vaziyat haqidagi hisobotida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 34,86 million kishini tashkil etib, yil boshidan 301,3 ming kishiga yoki 0,9% ga ko‘paydi.

 

Avvalroq O‘zbekistonning doimiy aholisi soni maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"