Jahon

Jurnalistlar Nobel mukofoti bilan taqdirlandi

"Novoy gazeti" bosh muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressa "Demokratiya va tinchlik uchun zarur bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilishdagi saʼy-harakatlari uchun" Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

Jurnalistlar Nobel mukofoti bilan taqdirlandi

 

Norvegiya Nobel qo‘mitasi rahbari Berit Reiss-Andersenning taʼkidlashicha, "Novoy gazeti" (1993-yil) tashkil etilganidan buyon korrupsiya, politsiya zo‘ravonligi, noqonuniy hibsga olishlar, saylovlarni manipulyatsiya qilish kabi mavzularda tanqidiy maqolalar eʼlon qilgan. Buning uchun gazeta tahdid, zo‘ravonlik va qotilliklarga duch kelgan.

 

“Gazeta tashkil etilganidan buyon uning olti jurnalisti, jumladan, Checheniston urushi haqida yozgan Anna Politkovskaya o‘ldirilgan. Qotillik va tahdidlarga qaramay, bosh muharrir Muratov mustaqillik tamoyilidan voz kechmadi va jurnalistlarning tanlangan mavzularda yozish huquqini izchil himoya qildi”, — dedi Reiss-Andersen.

 

Mariya Ressa esa CNNning Osiyodagi muxbiri. U so‘z erkinligini targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘plab xalqaro tashabbuslarda qatnashgan. So‘nggi yillarda unga nisbatan tergov jurnalistikasi va uning Rappler veb-sayti rahbari lavozimidagi faoliyati bilan bog‘liq bir qancha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

 

Bundan avval Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe fizika bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari deb eʼlon qilingani hamda Nobel mukofoti sovrindorlari bu yil ham uylarida taqdirlanishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.