Qozog‘istonda ko‘p qavatli uy oynasidan hayvonlarni uloqtirayotgan fuqaro qidirilmoqda
Ichki ishlar idorasiga Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi fuqarolar nomidan kimdir 2 kundan buyon ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan tinimsiz mushuk va kuchuklarni tutib kelib derazadan uloqtirayotgani, bu esa, ayniqsa, yosh bolalar ruhiyatiga yomon taʼsir etayotgani haqida shikoyat-ariza bilan murojaat qilgan.

Ayni shu holat kuzatuv kamerasiga ham tushib qolgan. Unda kun davomida bir nechta mushuk va kuchuklar tepa qavatdan pastga zarb bilan tushayotgani aks etgan.
Hozirda ichki ishlar idoralari ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgan fuqarolar учун jazo choralarining kuchaytirilishi kutilmoqda.
Bundan avval Toshkentda mushukni kaltaklagan bolaning onasi jarimaga tortilgani hamda jizzaxda it ovlov brigadasi 7 ta uysiz itni otib tashlagani haqida xabar berilgan edi.
Munojat Valiyeva







