O‘zbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali 5 ta davlat qatoriga kiritildi
Polshaning “Gazeta.pl” nashri O‘zbekistonni yangi yil sayohatini o‘tkazish uchun beshta eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Qizig‘i, mamlakatimiz Fransiya, Germaniya, Shveysariya va yana ko‘plab davlatlarni ortda qoldirgan holda, sanab o‘tilgan beshlikning 3-o‘rinini qayd etgan. Polsha nashrining taʼkidlashicha, 1- va 2-o‘rinlarda Shvetsiya va Avstriya joy olgan.
Shuningdek, maqolada O‘zbekiston "Sharqning gavhari", Osiyoning eng mashhur turizm o‘lkalaridan biri ekanligiga ham urg‘u berilgan.
Avvalroq Qo‘qon Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deb eʼlon qilingani, Olimpiya qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilgani hamda Jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida O‘zbekiston 16-o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







