Jahon

Batumidagi bino qulashi bilan bog‘liq holat yuzasidan uch kishi hibsga olindi

8-oktabr kuni Gruziyaning Batumi shahrida ko‘p qavatli turar-joy binosining bir qismi qulashi bilan bog‘liq holat yuzasidan uch kishi hibsga olindi. Ular 9 kishining o‘limida ayblanmoqda. Bu haqda “Sputnik Gruziya” xabar berdi.

Batumidagi bino qulashi bilan bog‘liq holat yuzasidan uch kishi hibsga olindi

 

Qulagan uy xonadonining egasi va u yollagan ishchilarni ikki yildan besh yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

 

"Sud har uch ayblanuvchi uchun ham qamoqqa olish chorasini tanladi. Dastlabki sud majlisi 1- dekabr soat 12:00 ga belgilangan", — deyiladi xabarda.

 

Ayblanuvchilarning advokati ularni garov evaziga ozod qilishni talab qildi, ammo sudya uning talabini qondirmadi.

 

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar 4-8 oktabr kunlari binoning birinchi qavatida taʼmirlash ishlarini olib borgan. Ular devorlar, shu jumladan, yuk ko‘taruvchi devorlarni ham buzib tashladi. Bu esa uy barqarorligi buzilishi va uning qulashiga olib keldi.

 

Oqibatda, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi Ularning uch nafari voyaga yetmagan bolalar. Bir kishining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

 

Bundan avval Kseniya Sobchak o‘tirgan avtomobil Adler yaqinidagi katta trassada “Volkswagen" bilan to‘qnashgani, buning oqibatida “Volkswagen” haydovchisi va ichidagi yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"