O'zbekiston

Hind jurnali O‘zbekistondagi taʼlim va ilm-fan integratsiyasini eʼtirof etdi

Hindistonning "The Diplomatist" jurnalida "O‘zbekistonda taʼlim va ilm-fan integratsiyasi borasida erishilgan muvaffaqiyatlar" sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Hind jurnali O‘zbekistondagi taʼlim va ilm-fan integratsiyasini eʼtirof etdi

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi maʼlumotlari asosida tayyorlangan ushbu maqolada yurtimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar hamda islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha bayon qilingan.

 

"O‘zbekistonda ilm-fan va taʼlim o‘rtasidagi integratsiyani taʼminlash maqsadida o‘tgan 2020 yilda Fanlar akademiyasining 65 nafar akademiklari respublikaning akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari va xo‘jalik tashkilotlariga biriktirildi, — deb yozadi nashr. — Bunday faoliyat taʼlim jarayoniga olimlarni jalb etish bilan birgalikda, ilmni yoshartirish hamda ilmni omma uchun keng targ‘ib qilish uchun bosqichma-bosqich erishishni ham nazarda tutadi".

 

Hind jurnalining taʼriflashicha, mamlakatda eng muhim hodisalardan yana biri — ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomini yuksaltirish yo‘lida ham moddiy rag‘bat, ham targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

Taʼkidlanishicha, "O‘zbekistonda o‘tgan uch yil ichida 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar nufuzli xalqaro universitetlarda tahsil olib qaytdi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ilm-fan kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligidan dalolatdir", — deb yozadi "The Diplomatist".

 

Avvalroq "The Korea Herald" gazetasi O‘zbekistondagi muhim tadbirlarni o‘z sahifalarida keng yoritishi hamda Turkiyada nashr etiladigan “Yazar” gazetasi sahifasida “Har bir inson ko‘rishi kerak bo‘lgan mamlakat: Beruniy, Naqshbandiy, Buxoriy va Termiziyning diyori – O‘ZBEKISTON” sarlavhali maqola chop etilgani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Hind jurnali O‘zbekistondagi taʼlim va ilm-fan integratsiyasini eʼtirof etdi | Zamon.uz