Jahon

Nazarboyev Donishmandlar Kengashi rahbari lavozimiga tayinlanishi mumkin

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari konferensiyasi Donishmandlar kengashi rahbari lavozimiga taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Akan Rahmetullin aytib o‘tdi.

Nazarboyev Donishmandlar Kengashi rahbari lavozimiga tayinlanishi mumkin

 

 

Seshanba kuni Nur-Sultonda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashga aʼzo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Qozog‘iston YEXHT va MXHM salohiyatini birlashtirishni taklif qilmoqda.

 

Uchrashuvda Rahmetullin shunday deydi:

 

“Bugun biz Donishmandlar Kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaymiz. Ertalab biz bilan bo‘lgan uchrashuvda, prezident Qosim-Jomart Toqayev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengash asoschisi janob Nazarboyevni Donishmandlar kengashi rahbarligiga taklif qildi. Umid qilamanki, siz bu nomzodni maʼqullaysiz”.

 

Maʼlumot o‘rnida, tashkilotning Donishmandlar Kengashi ishonch choralarini kuchaytirishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish maqsadida tuzilgan.

 

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengash - mintaqaviy muammolarni muhokama qilish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun umumiy Osiyo muloqot platformasi hisoblanadi. U 1992 yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, faoliyati Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash sohasida muloqot qilish, qarorlar qabul qilish hamda chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Aʼzolari esa mintaqaning 27 ta hududida joylashgan. Unda 8 ta mamlakat va 5 ta Xalqaro tashkilot kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qosim-Jo‘mart Toqayev Qozog‘iston “Tolibon” bilan ishchi aloqalar o‘rnatishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Nazarboyev Donishmandlar Kengashi rahbari lavozimiga tayinlanishi mumkin | Zamon.uz