O'zbekiston

Samarqandda yongan “MAN” haqida maʼlumot berildi

Samarqandga ketish yo‘lida “Fura” yuk mashinasida yong‘in chiqqani yuzasidan FVV rasmiy maʼlumot berdi.

Samarqandda yongan “MAN” haqida maʼlumot berildi

 

 

Unda aytilishicha, 12-oktabr kuni soat 23:38 da Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Olmazor” MFYdan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048 km.da harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomashinasida yong‘in chiqqan. Bu haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan. 

 

Eng yaqin yong‘in o‘chirish qism yong‘in sodir bo‘lgan manzildan taxminan 18 km. masofada joylashgani uni tezda bartaraf etishda qo‘l kelgan.

 

Yuz bergan muammoli vaziyatni hal qilish uchun 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borgan. Soat 00:05 da yong‘in qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in oqibatida yuk avtomashinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna polietilen rulonlar yonib, zararlangan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Bundan avval Jizzaxda yuk mashinasi, Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” hamda Qoraqalpog‘istonda stansiyada turgan vagon yonib ketgani haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda yongan “MAN” haqida maʼlumot berildi | Zamon.uz