Jahon

35 yil temir bochka ichida yashagan ayol qariyalar uyiga borishni rad etdi

Maʼlum bo‘lishicha, 64 yoshli omsklik ayol 35 yil zanglagan bochkada suvsiz, isitishsiz va yorug‘liksiz yashagan. Ayol harbiy zavodda kran operatori bo‘lib ishlagan va uy uchun navbat kutgan.

35 yil temir bochka ichida yashagan ayol qariyalar uyiga borishni rad etdi

 

Shuningdek, 1986-yilda kasaba uyushmasi qo‘mitasi xonalar sonini qisqartirish maqsadida unga yotoqxonadan bochkaga o‘tishni tavsiya qiladi. Keyinchalik zavod yopiladi va hech qanday uy-joy berilmaydi.

 

Ushbu holat bo‘yicha, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin aniqlik kiritishni topshirdi.

 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Omsk viloyati bo‘yicha tergov bo‘limi boshlig‘i Oleg Yevgeniyevich Vinnikov Omsk  “RIA Novosti” agentligi vakiliga vaziyatdan xabardor ekanini aytdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, maʼmuriyat mutaxassislari aprel, sentabr va oktabr oylarida unga bir necha bor gerontologik (Qariyalar uyi) markaziga ko‘chishni taklif qildi. Ammo ayol taklifni rad etgan.

 

Shu bilan birga, yaqin bir oy ichida  ayolga qariyalar uyiga ro‘yxatdan o‘tishga xat yuborilgan. Ammo ayol  qo‘lda yozilgan rad javobi nusxasini maʼmuriyatga yubordi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 28-sentabr kuni iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ruslarni favqulodda uylardan ko‘chirishni tezlashtirishga chaqirdi.

 

Bundan avval Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi uylardan birida besh va uch yoshli bolalar bir necha kun yolg‘iz qolgani aniqlangandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.