O'zbekiston

O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo maʼlum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 13-oktabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.

O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo maʼlum qilindi

 

 

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

 

  • suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000–68 000 so‘m

  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000–80 000 so‘m

  • kartoshka (1 kilogramm) — 2500–6500 so‘m

  • piyoz (1 kilogramm) — 1200–3500 so‘m

  • sabzi (1 kilogramm) — 2000–9000 so‘m

  • tuxum (10 dona) — 6000–14 000 so‘m

  • guruch (1 kilogramm) — 5000–17 500 so‘m

  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000–24 000 so‘m

  • shakar (1 kilogramm) — 7500–9000 so‘m

 

Maʼlumot uchun, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

 

Bundan avval alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxi eʼlon qilingani, isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashgani hamda dunyoda yil boshidan buyon ilk bor oziq-ovqat narxlari pasaygani haqida maʼlumotlar taqdim qilingandi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"