O'zbekiston

Gazni yoz bo‘yi tuzatishsa bo‘lmaydimi?

Sovuq kunlar boshlanishi bilan barcha jonzotlar issiq inlariga kirishni boshlaydi. Shuningdek, odamlar ham bundan mustasno emas.

Gazni yoz bo‘yi tuzatishsa bo‘lmaydimi?

 

Shu bois kuz-qish mavsumida xonadonlarda gazga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Yozning qaynoq kunlari tugab, kuzning salqin shamollarida issiq uyimiz jonga ora kiradi. Shunday paytda telefoninggizdagi xabarlarni ko‘zdan kechirib chiqasiz. Ular orasida siz yashab turgan hududda ta’mirlash ishlari sababli yarim kun davomida gaz ta’minotida uzilish bo‘lishi haqidagi xabarga ko‘zingiz tushadi. Shunda hammamizda bir savol paydo bo‘ladi: shu ishlarni nega yoz bo‘yi qilishmaydi?

 

Biz ham mutasaddilarga ana shunday savol bilan yuzlandik. "Hududgaztaminoti" matbuot kotibi Mehribon Mametova quyidagicha javob berdi:

—Gaz ta’minotidagi ta’mirlash ishlari kuz yo qishni kutib o‘tirmaydi. Har yili martdan noyabr oyi boshigacha yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Respublika hududida minglab kilometrga cho‘zilgan gaz quvurlari mavjud. Ular ikkiga — ichki va yer usti gaz turbalariga ajralgan. Bularning barchasini tekshirish, tozalash, tuzatish yoki yangilash kerak. Sovuq mavsum davomida rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan tasodifiy avariyalar ham gaz tarmog‘idagi uzilishlarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari yangi hududlarni gaz bilan ta’minlash ishlari ham amalga oshiriladi. Har bir gaz tarmog‘i uzilishi oldidan aholini albatta ogohlantiramiz.

 

Suyultirilgan gaz ballonlari aholiga har 30-35 kun ichida yetkazib beriladi. "Hududgazta’minot" bergan xabarga ko‘ra, bu yo‘nalishda ham sms xabarnoma tizimi yo‘lga qo‘yiladi. U orqali aholiga gazning yetkazib berish vaqti oldindan xabar qilinadi. Shuningdek, "Hududgazta’minoti" kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorgarlik ko‘rilganligini ma’lum qildi.

 

Avvalroq, aholining gazdan qariyb yarim trillion qarzdorligi va gazdan noqonuniy foydalanayotgan Uchkoʻprik tumanidagi korxona haqida xabar bergandik.

 

Yulduz Rustamova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Gazni yoz bo‘yi tuzatishsa bo‘lmaydimi? | Zamon.uz