Arktikadagi eng qadimiy muzliklardan birida ulkan yoriq paydo bo‘ldi
Kanadaning Manitoba universiteti tadqiqodchilari Arktikadagi eng qadimiy muzliklardan biri - Ellesmir orolining shimoliy hududida ulkan yoriq paydo bo‘lganini qayd etdi. Yoriqning kattaligi — 3000 kv. km.

Maʼlum bo‘lishicha, olimlar Grenlandiya shimolida birinchi harakatni 2020-yil may oyida qayd etgan. Mutaxassislar fikricha, u ikki hafta davomida kuchli shamol taʼsirida ochilgan.
Ellesmir shimolidagi muz tez harakatlanmoqda va erib bormoqda.
Atmosfera maʼlumotlari va dengiz muzlari tasvirlarini tahlil qilish jarayonida mutaxassislar bu joydagi muz ikki marta - 1988 va 2004 yillarda bir-biridan ajralganini aniqladi. Ammo o‘sha paytda hech kim bunga eʼtibor bermagan.
Hududdagi muzlar harakatini tahlil qilgan olimlar Yerning oxirgi muz zonasi iqlim o‘zgarishiga avval o‘ylaganimizdek chidamli emas, degan xulosaga keldi.
Bundan avval Arktika muzining erishi chidamli bakteriyalar va yangi viruslarning chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Nasiba To‘xtayeva







