Moskvada migrantlar ishtirokida navbatdagi mushtlashuv: bir nafar migrant pichoqlangan, 23 kishi qo‘lga olingan
Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yana ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda “Izvetiya” xabar berdi.

Hodisa Moskva shimolidagi Koptevo tumanida yuz bergan. Gap talashish bilan boshlangan nizo yakunda ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Shu bilan birga janjalda ham migrantlar, ham mahalliy aholi vakillari qatnashgan.
Voqea oqibatida bir kishi kasalxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha, u pichoq bilan jarohatlangan. Politsiya dastlabki surishtiruvni boshlagan. Hozirda 23 kishi qo‘lga olingan.
Bundan avval Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari zaharlanish oqibatida vafot etgani hamda Moskvada o‘zbekistonlik migrantning jasadi topilgani xabar qilingandi.







