Qizil dengizda Saudiya Arabistoni va AQSH qo‘shma harbiy-dengiz o‘quvlari boshlandi
Qizil dengizda Saudiya Arabistoni va AQSHning qo‘shma harbiy-dengiz o‘quvlari — Indigo Defender — 21 boshlandi. Bu haqda “Saudiya” nashri xabar bermoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari Saudiya Arabistoni harbiy-dengiz kuchlari G‘arbiy floti qo‘mondoni o‘rinbosari admiral Mansur bin Saud al-Juayd va AQSH harbiy-dengiz kuchlari vakili Deniyel Beyli nazorati ostida o‘tkazilmoqda.
10 kun davom etadigan mashg‘ulotlar ikki davlatning harbiy-dengiz sohasidagi hamkorligini mustahkamlash, ular flotlarining harbiy tayyorgarligini oshirish, portlar himoyasi bo‘yicha malaka oshirish, Qizil dengizda xalqaro dengiz kommunikatsiyalari xavfsizligini taʼminlash uchun xizmat qiladi.
Bundan avval Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Al Saud Eron bilan muzokaralar do‘stona ruhda bo‘lgani, ammo aniq natijalarga erishilmaganini aytgandi.
Sharofat Mahmudova







