Jahon

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Pandora hujjatlari"ga munosabat bildirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17-oktabr kuni ilk bor "Pandora hujjatlari"ga munosabat bildirdi. Bu haqda” TASS” xabar berdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Pandora hujjatlari"ga munosabat bildirdi

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u va uning tarafdorlari pul yuvish bilan shug‘ullanmagan.

 

"2019-yilga qadar nima bilan shug‘ullanganimni odamlar biladi. Bu televidenie va kino. Sobiq prezident Viktor Yanukovich davrida hamma o‘z biznesini yaratgan. Ayniqsa, OAV bilan bog‘liq biznes. Hamma kanallar chet elda kompaniyalarga ega bo‘lgan. Nima uchun? Chunki bu biznesingga siyosat taʼsir ko‘rsatmasligining yagona yo‘li edi. “Kvartal-95” (Zelenskiyning TV tvdagi yirik loyihasi)ning satirasi bo‘lgani uchun unga hamma bosim o‘tkazgan", — degan Zelenskiy.

 

Uning taʼkidlashicha, o‘sha paytda “Kvartal-95” ga har hafta soliq idorasidan tekshiruv kelgan.

 

"Men va “Kvartal-95”ning hech qaysi aʼzosi pul yuvish bilan 2012 yilda ham, 2012 yildan boshlab ham shug‘ullanmaganmiz. Biz faqat ijod bilan band edik", — deya qo‘shimcha qilgan u.

 

Shuningdek, Zelenskiy “Pandora”da hech qanday yangi faktlarni ko‘rmaganini aytgan. "Bularning barchasi eski gaplar",— deya qayd etdi Ukraina yetakchisi.

 

Maʼlumot o‘rnida: "Pandora hujjatlari"da Ukraina prezidenti 2012-yilda shoumenlik qilgan paytlarida pul yuvish bilan shug‘ullangani qayd etilgan.

 

Bundan avval Ozarbayjon prezidenti "Pandora hujjatlari"ga munosabat bildirgandi. Shuningdek, Yelizaveta ikkinchi nomi ham keltirilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Pandora hujjatlari"ga munosabat bildirdi | Zamon.uz