Facebook keyingi haftada nomini o‘zgaritirishi mumkin
Bu haqda "The Verge" maʼlum qildi.

Portal maʼlumotlariga ko‘ra, rebrending orqali korporatsiyani kengaytirish mo‘ljallangan. Facebook esa kompaniya nazoratidagi asosiy tarmoqqa aylanadi. Ijtimoiy tarmoqning yangi nomi hozircha oshkor qilinmayapti. Аmmo u avvalroq taqdimoti bo‘lib o‘tgan “Horizon” ofisi bilan aloqador bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, kompaniya 18-oktabr kuni Yevropada qo‘shimcha 10 ming ishchi o‘rni yaratishini maʼlum qilgan.
Bundan avval Google yangi cheklovlar joriy etgani hamda Mark Sukerberg mahsulotlar bo‘yicha sobiq menedjer Frensis Xaugenning platforma bolalarga zarar yetkazishi to‘g‘risidagi ayblovini rad etgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







