Merkel: Putin bilan 20 yildan buyon kelishmovchiligimiz bor
Germaniya kansleri Qrimni Rossiyaga qo‘shib olinishi uning uchun kutilmagan hodisa bo‘lganini maʼlum qilgan.

Angela Merkel 2001 yildan buyon Putin bilan kelisha olmayotganini maʼlum qildi. Bu haqda kansler Suddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan ilk bor 2001 yilda, uning Bundestagdagi chiqishida duch kelgan. Rossiya prezidenti o‘shanda sobiq Ittifoqning parchalanishi uning uchun fojia ekanini aytgan edi. Merkel esa “Biz, aksincha, sovuq urush tugaganiga, Germaniya va Yevropa birligi taʼminlanganiga xursandmiz”, – deb fikr bildirgan.
Shuningdek, Germaniya kansleri Qrimni Rossiyaga qo‘shib olinishi uning uchun kutilmagan hodisa bo‘lganini maʼlum qilgan.
Bundan avval Angela Merkel Belarusni ogohlantirgani hamda Germaniya hukumati Afg‘onistonda qancha mablag‘ sarflagani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







