“Orion” kosmik kemasi kelasi yilning fevral oyida Oy orbitasiga chiqariladi
"Biz fevral oyida taxminan 15 kunlik missiyani rejalashtirayapmiz", - deydi Sarafin.

Kelasi yilning fevral oyida “Orion” kosmik kemasi “Artemis” dasturi doirasida "Kosmik uchirish tizimi" yordamida Oy orbitasiga chiqariladi. Bu haqda “Artemis-1” missiyasi rahbari, NASA vakili Mayk Sarafin maʼlum qildi, deb yozadi “Interfaks-Ukraina”.
"Biz fevral oyida taxminan 15 kunlik missiyani rejalashtirayapmiz", - deydi Sarafin.
Eslatib o‘tamiz, “Artemis” dasturida ishtirok etish to‘g‘risidagi bitim 2020 yilning 15 oktyabr kuni 8 davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Lyuksemburg tomonidan imzolangan edi. Dasturga Ukraina ham qo‘shildi.
Dasturning asosiy vazifasi — 2024-yilda odamni Oy yuzasiga xavfsiz tarzda yetkazish, shuningdek, u yerda stansiya qurish va Oyni kolonizatsiya qilish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Avvalroq milliarder Richard Branson Oyda mehmonxona qurmoqchiligi, AQSH kosmik kompaniyasi parvozlarini vaqtincha to‘xtatgani, "BepiColombo” kosmik apparati Merkuriydan ilk tasvirlarni jo‘natgani, Fransiya kosmosni zabt etishda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerakligi hamda NASA kelasi yilda Xalqaro kosmik stansiyaga birinchi tijorat ekipajini yubormoqchi ekani haqida xabar qilgan edik.







