O'zbekiston

"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi 5 yildan buyon amalda

Bugun, 23 oktyabr kuni Xalqaro media-xollda "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining 5 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, xorijiy davlatlar elchilari, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi 5 yildan buyon amalda

 

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ushbu loyiha ulkan ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. “To‘plamlar ham ilmiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuningdek, xollda "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi O‘zbekistonning tashqi siyosiy imidjini yaxshilashga xizmat qiladi”, – deb fikr bildirdi u.

 

“Ushbu muhim tadbirda ishtirok etayotganimdan xursandman va "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi faoliyatini yuqori baholayman. Bu loyiha  dunyo miqyosida keng tarqatilishi kerak. Endilikda kitob-albomlar bizning vakolatxonamizni ham bezaydi hamda O‘zbekistonning o‘ta boy va qadimiy tarixi hamda madaniyatining yaqqol namunasi bo‘ladi”, — dedi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Aleksandros Makarigakis.

 

“Eriell Group” kompaniyasi raisining madaniy-gumanitar masalalar bo‘yicha maslahatchisi Yusuf Abdullayev ham kirish so‘zida ushbu loyihaning naqadar muhimligini qayd etdi. Uning fikricha, "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi  respublikadagi ilm—fan rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqda. “ Shu o‘rinda Benjamin Franklinning 200 yil burun aytgan fikri o‘rinli : ‘Taʼlimga kiritilgan investitsiya eng maqbul investitsiya”, – dedi Yusuf Abdullayev.

 

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxalikkov loyiha jahonning turli davlatlaridan ko‘plab olimlarni jamlaganini taʼkidladi.

 

“Dunyoning o‘nlab davlatlariga sochilib ketgan madaniy merosimizni to‘plash maqsadida 400 ga yaqin olimlarni jamladik”, – deb qayd etdi jamiyat raisi.

 

Tadbir davomida O‘zbekistonning 70 dan ortiq muzeylariga 35 tomlik kitoblar jamlanmasi taqdim etildi. Bundan avval Madaniy meros agentligining vazifalari belgilangani hamda YUNESKO O‘zbekistondagi ayrim obyektlarni madaniy meros ro‘yxatidan chiqarishi mumkinligi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi 5 yildan buyon amalda | Zamon.uz