O'zbekiston

O‘zbekistonda 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

"Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

 

Qarorga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

 

Bunda:

 

  • amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist) to‘ldirilib, loyiha qabul qilingunigacha bo‘lgan bosqichlarda unga ilova qilinadi;

  • cheklist to‘ldirilmagan loyihalar adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi va ishlab chiquvchiga qaytariladi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

 

Qarorga ko‘ra, 2021-yilda amaldagi 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi.

 

2022-yil 1-yanvardan ilmiy tashkilotlar va OTM vakillari hamda jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazishi mumkin.

 

Ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi.

 

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.

 

Shunga ko‘ra, xodimlarni lavozim maoshlarining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mablag‘lari berish orqali rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

 

Qaror bilan shuningdek, qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekistonda tekshiruvlar ro‘yxati kengaytirilishi, davlat funksiya-vakolatlarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilanishi, bundan avval o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtirilishi haqida xabar berilgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"