Bola arg‘imchoq uchaman deb barmog‘idan ayrildi
Bugun Odessada ko‘p qavatli uylarning hovlisida qurilgan arg‘imchoqlarning birida 4 yoshli bolaning barmoqlari arg‘imchoq sabab uzilib tushdi.

Ona o‘g‘lini arg‘imchoqning tepa qismiga o‘tkazgan o‘zi esa past qismidan tutib qolish uchun aylanib o‘tgan. Bu vaqt bola arg‘imchoqning ikki tomonini ushlab pastga uchib tushayotgan vaqtida arg‘imchoq chetidagi ochiq teshikchaga barmog‘i kirib qolgan va yupqa metal barmog‘ining yarimini kesib ketgan. Onasi vahima ichida farzandining teshikchada qolib ketgan barmoqchasini ololmay shifoxonaga yugurib ketgan.
Surishtiruv davomida arg‘imchoq talab darajasida qurilmagani, sifatsiz yupqa metaldan foydalanilgani maʼlum bo‘ldi. Arg‘imchoqning asosiy va yon qismlari to‘liq payvandlanmagan. Shu sabab, payvandlanmay qolgan ochiq joyiga bolaning barmoqlari kirib qolib uzilib ketgan.
Shifokorlarning aytishicha, bolaning chap qo‘lidagi ikkinchi barmog‘i amputasiya qilingan. Hozirda ahvoli qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Bundan avval Rossiyalik ayol derazadan tushib ketayotgan 1,5 yoshli bolani ushlab olgani va hamda Qashqadaryoda 2 yoshli o‘g‘lini urib, ko‘zini ko‘r qilgan ota bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







