Jahon

Ozarbayjon Qorabog‘da mustahkamlanmoqda: xalqaro aeroport ochildi

Erdo‘g‘an Ilhom Aliyev bilan birga ochilish marosimida ishtirok etgan.

Ozarbayjon Qorabog‘da mustahkamlanmoqda: xalqaro aeroport ochildi

 

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarbayjonga tashrif buyurdi va Qorabog‘da xalqaro aeroport ochilishida ishtirok etdi. “Fuzuliy” aeroporti Qorabog‘dagi birinchi xalqaro transport yo‘lagi hisoblanadi.

 

Erdo‘g‘an Ilhom Aliyev bilan birga ochilish marosimida ishtirok etgan.

 

Qurilishga 8 oy sarflangan. Unga Ozarbayjon hukumati qarori bilan xalqaro aeroport maqomi berildi. Endilikda unda xalqaro reyslarni qabul qilish mumkin.

 

“Fuzuliy”da dastlabki sinov parvozi 5 sentyabrda o‘tkazilgandi. O‘shanda bu yerga eng katta yo‘lovchi samolyoti  Airbus A340-500 qo‘ndirilgandi. Uning uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 3 ming metr va kengligi 60 metrni tashkil etadi. Umumiy maydoni 60 ming kvadrat metr bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 8 ta samolyot turishi mumkin.

 

Avvalroq Qorabog'dagi Shusha shahri urushdan so‘ng qay darajada o‘zgargani haqida xabar berilgandi. 

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Afg‘onistonda 7 ta xususiy universitet faoliyati bir yilga to‘xtatildi

Shuningdek, 2 ta universitetning litsenziyasi bekor qilindi.

custom img

Eron iqtisodiyoti juda yomon ahvolda — Tramp

AQSh prezidenti Tehron bilan qisman muzokaralar olib borilayotganini va kelishuvga erishilishi mumkinligini ta’kidladi.

custom img

UEFA Infantinoga qarshi tergov boshlashi mumkin

Tekshiruv Infantino UEFA bosh kotibi bo‘lib ishlagan davrda sobiq xodimaga to‘langan olti xonali kompensatsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

Xitoyga “Delfin” tayfuni yopirildi: 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat oqibatida olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

custom img

Kuba energetika inqirozi fonida quyosh energiyasiga o‘tishni tezlashtirmoqda

Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida 59 ta quyosh elektr parki qurilgan, hukumat esa ularning sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

custom img

Rossiyaning yana 11 hududida migrantlar uchun “Amina” ilovasi majburiy bo‘ladi

"Amina” mobil ilovasi ishlatmagan migrant migratsiya rejimini buzgan deb hisoblanib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

custom img

Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy aks etgan video e’lon qilindi

Lavha qachon va qayerda suratga olingani ma’lum qilinmagan.

custom img

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"